SportUz.Net
photo photo

Ish yopildi: Jervonta Devisdan oilaviy zo'ravonlik bo'yicha ayblov olib tashlandi!

28.05.2023 09:38    


Rasmni yuklab olish

Devis yaqinda Rayan Garsiyaga qarshi jangda g'alaba qozongandi, ammo u sportchiga xos bo'lmagan sabablarga ko'ra, ommaviy axborot vositalarining asosiy mavzusiga aylanib ketgandi.

Endi undan barcha ayblovlar olib tashlandi va u faoliyatini davom ettirishi mumkin. Florida prokuraturasi Devisni o'z qizining onasi Vanessa Possoga hujum qilganlikda ayblab, uni o'z uyida kaltaklaganini malum qilgandi, biroq arizachi Posso o'z ayblovlaridan voz kechdi. 

"Ayblov tomoni, jabrlanuvchi va himoyachi ayblanuvchining g'azabini boshqarish kursini o'tashi kerakligi haqida kelishib oldilar", - deydi prokuror matbuot kotibi Aaron Savichki. 

Brovard okrugi sherifi 2022 yil 27 dekabrda Devisni o'z uyidan hibsga olib, bir ayol policiyaga qo'ng'iroq qilib, uning boshiga urgani va labining ichki qismida kichik jarohat qoldirganini aytgan edi. Bokschi 1000 dollar garov puli evaziga Brovard okrugi bosh qamoqxonasidan ozod etilgandi. 



TMZ tomonidan jabrlanuvchining 911 raqamiga telefon qilgan yozuvi ham elon qilingan edi: "U meni o'ldiradi!... Iltimos, yordam kerak! Men uyga qaytishga harakat qilyapman. Mashinamda bolam bor. U bolaning ko'z o'ngida menga hujum qildi. Hozir u mening shinalarimni buzadi!".

Keyinroq qiz janjal paytida ishonch telefoniga qo'ng'iroq qilganidan pushaymon ekanini ham aytib o'tgan edi: 

"O'zaro munosabatlarimiz zaif edi. Janjalda Jervonta ham, men ham aybdor edik. Tuyg'ular kuchayib ketganda, men huquqni muhofaza qilish organlariga keraksiz telefon qo'ng'iroqlarini amalga oshirdim. Jervonta menga ham, qizimizga ham yomonlik qilmadi".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: