2 iyun kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ACA (Absolute Championship Akhmat) ligasining 158-raqamli musobaqasi bo'lib o'tadi.
Etiborlisi, ushbu raqamli turnirda o'zbekistonlik Zuhriddin G'ofurov (5-1) ham jang qiladi. Hamyurtimizga rossiyalik tajribali Artyom Semyonov (11-3) raqiblik qiladi. Bu G'ofurov uchun ACA ligasidagi ikkinchi jang bo'ladi, u o'z debyutida boshqa bir rossiyalik — Albert Japuevga (15-4) imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada Otabek Toxirov ACA ligasida jang qilib, raqibi ustidan g'alaba qozongan ilk o'zbekistonlik jangchiga aylangan edi.