"Men bu jangning o'tkazilishiga ishonaman. Barchasi vaqti bilan... bizning uchinchi jangimiz bo'ladi. Men hech kimni menga qarshi jang qilishga majbur qilmayman. Biroq Amandaga qarshi uchinchi jangimiz qachonlardir amalga oshadi", - dedi Valentina.
Eslatib o'tamiz, Valentina va Amanda o'zaro ikki bor jang qilishgan va har ikkisida ham braziliyalik chempion g'alabani qo'lga kiritgan. Biroq ikkinchi jangda ko'pchilik muxlis va mutaxassislarning fikricha, Valentina g'alaba qozongan edi.