SportUz.Net
photo photo

SHlemenko ertangi jang oldidan taroziga chiqdi

06.05.2021 10:20    


Rasmni yuklab olish

Ertaga Rossiyaning Vladivostok shahrida aralash yakkakurash qoidalari bo'yicha navbatdagi turnir bo'lib o'tadi.

AMC Fight Nights Global 101 turnirining markaziy jangi rossiyalik Aleksandr SHlemenko hamda braziliyalik Marsio Santos o'rtasida o'tkaziladi. Bugun ertangi jang oldidan ishtirokchilarni tarozidan o'tkazish marosimi tashkil etildi. 

Unda SHlemenko 84,2 kg, Santos esa 84,4 kg tosh bosdi. Mezbon MMA ustasi so'nggi jangini 2019 yilning dekabr oyida sobiq UFC jangchisi Devid Branchga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi. Uning hisobida 59 g'alaba va 13 mag'lubiyat bor. Yana bir jang o'tkazilmagan deb topilgan. Santos esa shu yilning fevralida AMC Fight Nights turnirida David Barxudaryanga imkoniyatni boy bergan. Marsio hisobida 15 g'alaba va 5 mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: