SportUz.Net
photo photo

O'zbekiston boks federaciyasi Navoiy viloyati bo'limiga yangi rais tayinlandi

06.05.2021 09:00    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston boks federaciyasi so'nggi paytlarda viloyat bo'limlari ishini takomillashtirish, hududlarda boks rivojini oshirish masalasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Bu borada bugungi kungacha bir necha xududiy bo'limlarga yangi raislar tayinlandi. Ana shunday tayinlovlardan biri Navoiy viloyatida bo'ldi. SHu maqsadda Navoiy shahrida O'zbekiston boks federaciyasi Navoiy viloyati bo'limining navbatdan tashqari hisobot konferenciyasi tashkil etildi. 

Unda O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov boshchiligidagi ishchi guruh azolari ham ishtirok etishdi. Kun tartibidan o'rin olgan asosiy masala viloyat bo'limiga yangi rais tayinlashdan iborat edi. 

O'zbekiston boks federaciyasi ustavining 5-bandiga binoan O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyatining tavsiyasiga asosan bir necha yillar davomida Navoiy viloyatining turli tashkilotlariga rahbarlik qilib kelgan, katta mehnat tajribasiga ega bo'lgan G'afforov Sardor Abduqodirovich Navoiy viloyati bo'limi raisi etib tayinlandi. 

Yig'ilish davomida federaciya rahbariyati tomonidan viloyat bo'limida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab berildi. O'z navbatida, Sardor G'afforov bildirilgan ishonchni oqlashga, Navoiy viloyati boksini yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilishini takidladi. 

Tadbir davomida O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan Navoiy viloyati boksi rivojiga hissasini qo'shib kelayotgan murabbiylar Aleksandr Petrov va To'lqin Mahammatovga ehtirom ko'rsatildi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: