SportUz.Net
photo photo

"Xabib butun jamoasini etaklab keldi". Lobov Xabib bilan kelishmovchilik boshlangani haqida gapirdi

05.05.2021 19:40    


Rasmni yuklab olish

Sobiq UFC chempioni Artem Lobov UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov bilan kelishmovchilik qay tarzda boshlanganini aytdi.

"Xabib bilan nima bo'ldi? O'sha paytda u Konor bilan yaxshi muomalada edi. Birga suratga tushardi, do'st edi. Keyin esa menejerining gaplariga kirib treshtok qilmoqchi bo'ldi. Konorni "tovuq" deb atashni boshladi.

Makgregor mening do'stim. U kerak bo'lsa jarohatlar bilan janglarga chiqgan, tuzalmagan holida ham jang qilgan. Xabib esa sog' bo'la turib janglarni bekor qilgan. Qanday qilib u Konor haqida bunday deyishi mumkin?

Men bunga chidab turolmadim. Intervyularimning birida shu haqidagi savolga keskin javob qaytardim. Oradan ancha vaqt o'tdi va biz Xabib bilan Nyu-Yorkdagi turnirda uchrashib qoldik. U meni oldimga kelib intervyuim haqida bir narsalar deyishni boshladi. Men unga agar sening do'sting haqida ham shunday deyishsa indamay turasanmi dedim. Xabib ortiga o'girildi va ketdi. Oradan biroz vaqt o'tgandan so'ng Xabib butun jamoasini etaklab keldi. SHundan so'ng u qanday kelgan bo'lsa, shunday qaytib ketdi", -dedi Xabib Nurmagomedov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: