Oqshomning markaziy jangi ikkinchi o'rta vazn toifasida WBO chempioni, britaniyalik Billi Jo Sonders hamda WBC va WBA Super kamarlari sohibi, meksikalik Saul Alvares o'rtasida bo'lib o'tadi.
Lekin bugun tarqalgan xabarda Sondersning otasi Tom Sonders ushbu birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazilmasligi mumkinligini aytgan. Bunga ringning o'lchami ustidagi tortishuvlar sabab bo'lmoqda. Sonders ring o'lchami 24 fut bo'lishini istagan. Saul esa 18 futlik ring talab qilgan.
Yakunda tomonlar oraliq o'lcham - 22 futda to'xtashgandi. Ammo, so'nggi pallada Saulning fikri yana o'zgardi va u endi ring o'lchami 20 fut bo'lishi kerakligini talab qilmoqda. Agar bugun yoki ertaga tomonlar kelisha olmasa, u holda uzoq kutilgan chempionlik jangi bekor bo'ladi va Saul Alvares Jon Rayderga qarshi ringga ko'tariladi.
Takidlash joiz, agar Saul Alvares - Billi Jo Soders jangi amalga oshsa, u holda britaniyalik bokschi faoliyatidagi eng katta gonorar - 7 million dollarga ega bo'ladi.
Arman Carukyan CHarlz Oliveyraga: "Mening ismimni aytishdan qo'rqma, qattiq urmayman"