Ushbu bahsda meksikalik sobiq chempionga Kris Arreola raqiblik qildi. Jangning ikkinchi raundida Ruis nokdaun holatiga tushib qoldi. Ammo jangni davom ettirdi. Bahs to'liq davom etdi va yakunda g'olib hakamlar ochkosiga ko'ra aniqlandi.
Unda hakamlar 118-109, 118-109, 117-110 hisoblarida Endi Ruisning g'alaba qozonganini qayd etishdi.
Eslatib o'tamiz, Endi Ruis oxirgi iikkita jangini britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi o'tkazgan. Janglarning birinchisida u raqibini nokautga uchratib, jahon chempionligini qo'lga kiritgan. Ikkinchi jangda esa ochkolar hisobida imkoniyatni boy bergan.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"