SportUz.Net
photo photo

Joshua Usikka mag'lub bo'lganidan keyingi hissiyotlari haqida gapirdi

31.03.2023 15:19    


Rasmni yuklab olish

Super og'ir vazn bo'yicha sobiq jahon chempioni Entoni Joshua ukrainalik Aleksandr Usikka mag'lub bo'lgan ikkinchi jangi haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, amerikalik jangchi Usikning kamarini ringdan otib yuborib, Aleksandrning jamodoshlaridan biri bilan bahslashib ketdi. Bu o'z navbatida katta janjalga olib kelishi mumkin bo'lgandi. SHundan keyin bokschi kiyim almashtirish xonasiga qaytishga qaror qilganida yo'l-yo'lakay muxlislardan biri bilan yoqalashdi. SHundan keyin u ringga qaytdi va Ukraina bayrog'ini to'g'risiga otib, ko'ziga yosh olib intervyu berdi.

"Ringda nimalardan o'tish kerak bo'lgan bo'lsa, hammasidan o'tgandim. Meni oldinga undaydigan otam hech qachon bo'lmagan. Barchasini o'zim qilganman. 18 yoshda noto'g'ri yo'lda bo'lganimda to'g'ri yo'lni ko'rganman va bu yo'lga o'tish uchun ko'plab muhim qarorlarni chiqarishim kerak bo'lgandi. Hayotimdagi ko'plab keraksiz narsalardan qutulganman va bor etiborimni boksga qaytarganman.

Doimo sportni tugatganimda aynan boksdan ketganman deb aytishni istardim. O'sha vaqtda boks men uchun qanchalik muhim bo'lganligini sezdim va bu aynan o'shanda sodir bo'ldi. Hech nimadan nolimayman. Agarda bu sizga yoqmasa ham televizorni o'chirmang, chunki men shunday insonman. Hayot shunday, ideal emas. Odamlar ko'plab qiyinchiliklardan o'tishadi. SHu sababli men qanday yo'llarni bosib o'tganimni tasavvur qilavering", - dedi Joshua.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: