"Men o'g'limning ishlariga aralashmayman, lekin unga maslahat bermoqchiman: "Quloq sol, qurolingni mahkam tut. Sen WVC chempionisan, sovuq havoda ham 95 ming tomoshabinni tribunaga to'playdigan bokschisan".
Usik nima qila oladi? Agar u Dyubua yoki Jo Joys bilan jang qilsa, qancha gonorar oladi? Bu uning Tayson bilan jangda ishlab topadigan gonorariga teng kelmaydi. Sababi 30 foiz - bu juda ko'p", - deya Jon Fyuri.