Xabaringiz bor, Buyuk Britaniyaning London aralash jang sanatlariga asoslangan UFC 286 musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Ushbu musobaqaning prelim kardidan o'rin olgan ilk jang nihoyasiga etdi. Unda o'ta engil vazn toifasida mezbonlar vakili Muhammad Mokaev braziliyalik Jafel Filoga qarshi oktagonga ko'tarildi. 3 raundga mo'ljallangan jang 3-raundda yakunlandi. Muhammad Mokaev juda qiyin vaziyatdan chiqib ketib, raqibini bo'g'ib qo'ydi va sabmishen orqali g'alaba qozondi.
Bu Muhammadning 10-jangda qo'lga kiritgan 10-g'alabasi bo'ldi.