SportUz.Net

Uittaker chempion Adesanyaga qarshi jangga rozi bo'lmagani haqida gapirdi

28.04.2021 10:00    


Rasmni yuklab olish

Robert Uittaker nega iyun oyida o'rta vazn toifasida UFC chempioni Israel Adesanyaga qarshi jang qilish taklifiga rad javob berganini izohladi.

"Menga bu taklifni Gastelum bilan jangdan bir necha soat o'tgandan so'ng berishdi. Bu jangga shunchaki jismonan tayyor bo'la olmayman. Bunga sabab jarohatlar emas. Men Avstaraliyaga qaytishim va ikki haftani majburiy karantinda o'tkazishim lozim. 

Birinchi navbatda mening tanam tiklanib olinishi kerak. Undan keyin esa tayyorgarlikni boshlashim lozim. Bularning barchasiga iyun oyigacha ulgurishning umuman iloji yo'q. Adesanya va Vettori o'rtasidagi jangda kim g'alaba qozonishi menga umuman ahamiyatsiz. Men shunchaki ular bir-birini qattiqroq kaltaklashlarini xohlayman", - dedi Uittaker.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: