
"Menga bu taklifni Gastelum bilan jangdan bir necha soat o'tgandan so'ng berishdi. Bu jangga shunchaki jismonan tayyor bo'la olmayman. Bunga sabab jarohatlar emas. Men Avstaraliyaga qaytishim va ikki haftani majburiy karantinda o'tkazishim lozim.
Birinchi navbatda mening tanam tiklanib olinishi kerak. Undan keyin esa tayyorgarlikni boshlashim lozim. Bularning barchasiga iyun oyigacha ulgurishning umuman iloji yo'q. Adesanya va Vettori o'rtasidagi jangda kim g'alaba qozonishi menga umuman ahamiyatsiz. Men shunchaki ular bir-birini qattiqroq kaltaklashlarini xohlayman", - dedi Uittaker.
"Menga hurmatsizlik qilma!" Ngannu - Jeyk Polning Devisni almashtirish taklifi haqida
Getji Peddi Pimbletga undan oldin chempionlik jangi berilsa, UFC’dan ketishga vada berdi