Bu haqida sportchi SportUz.Net sayti muxbiri bilan suhbatda malum qildi.
"UFC'dan taklif bor albatta. Lekin, hozirgi payt bor etiborimni erkin kurashga, Olimpiya o'yinlariga qaratganman. UFC'dagilar bilan gaplashdik, ular bilan muzokaralarni Tokio Olimpiadasidan so'ng davom ettirishga kelishib oldik.
Umuman UFC'da oddiy jangchi bir jangi uchun umumiy hisobda, o'rtacha 24 ming dollar oladi. Agar, jangchi Olimpiya chempioni yoki sovrindori bo'lsa, u holda yaxshiroq shartlarni qo'yishi mumkin. SHu yo'l bilan siz oladigan gonarar ham oshishi mumkin. Aynan shu sabab ham hozirda bor etiborimni Olimpiya o'yinlariga qaratganman", - dedi Bekzod Abdurahmonov.
"Men Top-5`da Dvalishvili bilan jang qilmagan yagonaman" - Sendxagen kamar uchun jang qilmoqchi
Ankalaev Proxazka bilan jang qilmaydi, Pereyra bilan revansh bo'yicha muzokara ketmoqda
Bektemir Meliqo'zievning vaznidagi Berlanga raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi + VIDEO