Muradov Professional League prezidenti Jasur Alijonov liganing sakkizinchi musobaqasi qachon va qaerda o'tkazilishi mumkinligini aytdi.
"MPL 8 qachon bo'ladi, deb ko'pchilik so'rayapti. Xudo xohlasa, Ramazondan keyin MPL 8 musobaqasini o'tkazamiz. Bu turnirimiz O'zbekistonda tashkil etiladi. Aynan qaysi viloyatda bo'lishini tanlashda siz yordam bering!", - deya kichik so'rovnoma o'tkazgan Alijonov o'z sahifasida.
Jasur Alijonov mazkur so'rovnomada Farg'ona, Samarqand, Qo'qon va Navoiy hududlarini belgilab o'tgan.
Eslatib o'tamiz, MPL 7 turniri 7 yanvar kuni poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida o'tkazilgan edi.
Aleksandr Usik: "Men doim 12 raundga tayyorlanaman. Lekin imkoniyat bo'lsa, Dyubuani nokaut qilaman"