Kechaning markaziy jangida yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usman Xorxe Masvidalga qarshi revansh jangini o'tkazdi.
5 raundga mo'ljallangan jang ikkinchi raunddayoq yakunlandi. Kamaru Usman ikkinchi raundda o'ng qo'ldagi kuchli zarbasi bilan Masvidalni nokautga uchratdi va kamarini o'zida qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, sportchilar o'tgan yili yozda o'zaro bahs olib borishgan va unda Usman g'alaba qozongandi.
Yana ikki nafar hamyurtimiz AQSHning Global Fight League promousheni bilan shartnoma tuzdi