SportUz.Net
photo photo

Bokschi qizimiz Nigina O'ktamova yoshlar o'rtasida jahon chempioni bo'ldi

22.04.2021 20:00    


Rasmni yuklab olish

Polshaning Kelce shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati davom etmoqda.

Musobaqada -54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Nigina O'ktamova barcha raqibalarini mag'lub etgan holda finalgacha etib kelgandi.

U biroz avval hal qiluvchi jangda ukrainalik Kristina Lakichukka qarshi to'qnash keldi va 4:1 hisobida g'alabaga erishdi!

Qayd etish lozimki, bungacha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi qizlari xech qachon JCH finaliga qadar etib kela olishmagan. Bu borada Nigina o'zbek boksi tarixida yangi sahifa ochdi desak mubolag'a bo'lmaydi. 

Birozdan so'ng -64 kg vaznli Mohinabonu Abdullaeva rossiyalik Azaliya Aminevaga qarshi oltin medal uchun jang qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: