
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati terma jamoamiz azosi Bobousmon Baturovning yig'in haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
"5 fevral kuni ushbu yig'inimiz boshlandi. 19 fevralgacha "Yangiobod"da yig'in o'tkazamiz. Maqsadimiz - Bolgariya, Ukraina, Qozog'iston davlatlarida tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko'rishdir. O'z navbatida ushbu musobaqalar Yaponiyadagi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.
Tokio olimpiadasi oldidan mana shu musobaqalarda o'zimizni toblab olishimiz lozim. CHunki karantindan so'ng hali xalqaro musobaqalarda ishtirok etmadik. Nasib qilsa, endi xalqaro musobaqalarni boshlab, yaxshi natijalar ko'rsatmoqchimiz.
Oldimizga katta maqsadlar ko'yganmiz. Hozirda jismoniy, turnir yaqinlashgani sayin texnik-taktik usulga alohida etibor qaratamiz Xudo xohlasa xalqaro musobaqalar, undan keyin Tokio Olimpiadasida yaxshi natijalar qayd etib, o'zimizga bildirilayotgan ishonchni oqlamoqchimiz", - dedi Bobousmon Baturov.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Uaylder: "Pol - Joshua? Men bunday janglarga ko'rgazmali to'qnashuv sifatida qarayman"
Umar Kremlyov boks bo'yicha 2027 yilgi IBA Jahon chempionati qaerda o'tishi mumkinligini aytdi