Instagram hamda YouTube yulduzi yakshanba tongida yarim o'rta vazn toifasida sobiq ONE va Bellator promoushenlari chempioni Ben Askrenni boks qoidalari asosida o'tkazilgan jangning birinchi raundidayoq nokautga uchratgan edi. Jeyk Pol keyingi raqibi UFC jangchisi Neyt Dias bo'lishini istamoqda. Bloger Diasni uzog'i bilan uchinchi raundda nokaut qilishga vada berdi.
"Neyt Dias uchinchi raundda nokaut bo'ladi", - deya Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Pol.
Malumot uchun, ayni paytda Neyt Dias Leon Edvardsga qarshi o'tkaziladigan jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Pol - Askren jangi yarim million pullik translyaciya ko'rsatkichi bilan sotilgani Diasni ham qiziqtirishi tabiiy. Neyt ushbu jangdan ikki million dollar ishlab olishi mumkin.