SportUz.Net

Dastin Pore orzusidagi raqib kimligini aytdi

23.12.2022 11:19    


Rasmni yuklab olish

Engil vaznda sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore oktagonda kim bilan jang qilish orzusi borligini aytdi.

Amerikalik jangchi ayni paytda UFC engil vazn toifasi reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. 

"Men o'zining eng yuqori sport formasiga chiqqan Bi Jey Penn bilan jang qilgan bo'lardim. Bu haqda hamisha orzu qilganman", - dedi "Brilliant" US Weekly nashriga bergan intervyusida.

Malumot uchun, Bi Jey Penn engil vaznda UFC chempionlik kamarini 2008-2010 yillar oralig'ida o'z qo'lida ushlab turgan. Bi o'z kamarini Frenki Edgagrga qarshi jangda boy bergan. Aynan shu jangdan 9 oy o'tib, Dastin Pore yarimengil vaznda UFC promoushenida debyut qilgan.  

Bi Jey Penn 2019 yilning may oyida o'zining 44 yoshida UFC banneri ostidagi so'nggi jangini o'tkazgan. Kley Guidaga qarshi kechgan jang uning faoliyatidagi so'nggisi bo'lib qoldi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: