Jangning ikkinchi raundida ikkala bokschi zarbalar seriyasini almashayotgan payt referi kutilmaganda ko'k burchakdagi bokschiga nisbatan hisobni ochdi, aslida esa hech kim nokdaunga uchramagandi. Aksincha, Ramzan Qodirovning o'g'li bir necha kuchli zarbalarni o'tkazib yuborgandi. Keyin esa, ko'k burchakdagi bokschining murabbiylari oq sochiqni uloqtirishdi. SHu tariqa Adam Kadirov texnik nokaut bilan g'alaba qozondi va kamarni qo'lga kiritdi.