Buning natijasida uning amerikalik kichik Jou Smitga qarshi yarim og'ir vazndagi chempionlik jangi nomalum muddatga qoldirildi. Bu malumotni jang tashkilotchisi hisoblangan Top Rank promouterlik kompaniyasi tasdiqladi. Bokschilar ertaga tongda vakant bo'lib qolgan WBO kamari uchun ringga ko'tarilishlari kerak edi.
"Maksim Vlasovning COVID-19 uchun topshirgan test javobi musbat chiqdi. SHu boisdan uning kichik Jo Smitga qarshi WBO kamari uchun kechishi kerak bo'lgan jangi qoldirildi. Engil vazn toifasida Richard Komi va Jekson Martines o'rtasidagi bahs endi kechaning asosiy janggi bo'ladi", - deyiladi Top Rank xabarida.
Bugunning o'zida Maksim Vlaslov unda kasallik alomatalari yo'qligini aytib, promouterlar tez orada jangning yangi sanasi borasida qaror qabul qilishiga umid bildirdi.