SportUz.Net
photo photo

WBC prezidenti 2023 yilda eng kutayotgan janglarini aytdi

07.12.2022 18:57    


Rasmni yuklab olish

Butunjahon boks ittifoqi (WVC) rahbari Maurisio Suleymon kelgusi yilda ko'rishni istagan janglarni sanab o'tdi.

Suleymonning so'zlariga ko'ra, u Aleksandr Usikni superog'ir vazn toifasida mutlaq chempionlik unvoni uchun Tayson Fyuriga qarshi ringga chiqishini intiqlik bilan kutmoqda.

"Men Fyuri - Usik, Spens - Krouford janglarini ko'rishni istardim. SHuningdek, Xeyni - Lomachenko, Estrada - Gonsales o'rtasidagi to'rtinchi to'qnashuvni ham. Kanelo - Benavidez, Plant yoki CHarloga qarshi, ajoyib jang bo'lishi aniq", - dedi WBC prezidenti.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: