SportUz.Net
photo photo

To'lqin Qilichev O'zbekiston chempionatida qaysi yulduz bokschilar jang qilmasligini aytdi

07.12.2022 17:19    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To'lqin Qilichev start olayotgan O'zbekiston chempionatida jang qiluvchi bokschilar haqida gapirdi.

"Bu chempionatda havaskordagi barcha yulduz bokschilarimiz qatnashadi. Etakchilarimiz ishtirok etishadi. Hasanboy Do'smatov, Bahodir Jalolov va boshqalar. Faqatgina Madiyar Saidrahimovda Osiyo chempionatida olingan jarohatdan forig' bo'lmadi. Ruslan Abdullaevning qo'lida jarohati bor. Abdumalik Xalakovning ham qo'li gipsda. 

Birinchi navbatda insonning sog'lig'i. Qolgani "uch tiyin". Sog'lom bokschilarimiz natija qilib bera oladi. SHuning uchun birinchi navbatda sog'liqqa etibor beramiz. 

Miraziz Mirzaxalilov ham chempionatda jang qiladi", - dedi To'lqin Qilichev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: