SportUz.Net
photo photo

Bisping Xolland - Tompson jangini UFC tarixidagi eng yaxshisi deb atadi

07.12.2022 16:57    


Rasmni yuklab olish

Maykl Bisping Kevin Xolland va Stiven Tompson o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.

O'rta vaznda sobiq UFC chempioni, angliyalik 43 yoshli Maykl Bisping (32-9) mazkur vaznda chempionlik uchun sobiq davogar, amerikalik 39 yoshli Stiven Tompson (17-6) va Kevin Xolland (23-9-1) o'rtasidagi jangni yuqori baholadi.

"Stiven Tompson va Kevin Xolland to'qnashuvi UFC oktagonida biz ko'rgan eng yaxshi jang bo'lsa kerak. Bu ajoyib jang edi, ayniqsa Stiven Tompson tomonidan ko'rsatilgan texnika. Kevin Xolland bizga shou ko'rsatdi. Bir muncha vaqt bu qarama-qarshilikda intriga mavjud bo'ldi. Xullas, bu hayajonli jang bo'ldi", - dedi Bisping.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: