«Mir Boksa» promouterlik kompaniyasining bokschisi Elnur Abduraimov (10-0, 9 KO) 17 dekabr kuni Meksikaning Mexikali shahrida jang o'tkazadi. Uning raqibi mezbonlar vakili Kristian Belma bo'ladi. Jang sakkiz raundga mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli bokschimiz joriy yilning iyul oyida AQSHda o'tgan avvalgi jangida meksikalik Leonel Morenoni birinchi raunddayoq nokautga uchratib, vakant bo'lgan engil vazn toifasidagi IBF SHimoliy Amerika kamarini qo'lga kiritgan edi.