Tajribali aralash yakkakurash ustasi kecha Orlando shahrida o'tgan UFC on ESPN 42 turnirida oktagonga ko'tarilgan va jangning ikkinchi raundida amerikalik Brayan Barberenani mag'lubiyatga uchratgan edi.
Bu bilan braziliyalik 38 yoshli Anos oktagonda 8 soatdan ko'proq jang qilgan promoushenning ilk sportchisiga aylandi. Bundan avvalgi rekord yana bir engil vazn sobiq chempioni Frenki Edgarga tegishli edi. Amerikalik jangchi faoliyati davomida "qafas"da 7 soatu 57 daqiqa 10 soniya harakat qilgandi.
28 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar (to'liq ro'yxat)