
"Men bu jangni intizorlik bilan kutayotgandim. Bu yil ko'rishni istagan janglarimdan biri edi. Lekin hozir men uchun eng asosiysi jangchilarimning sog'lig'i. Xamzat bor etiborini sog'lig'iga qaratishi va tezroq qaytishi kerak. Edvards? Vakillarim unga boshqa raqibni izlashni boshlab yuborishgan", - dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, Xamzat - Edvards jangi 14 mart kuni bo'lib o'tishi lozim edi, biroq asli chechen bo'lgan jangchining sog'lig'ida muammo yuzaga kelgani sababli jang uchinchi marta bekor bo'lgandi.
Uaylder: "Pol - Joshua? Men bunday janglarga ko'rgazmali to'qnashuv sifatida qarayman"
Umar Kremlyov boks bo'yicha 2027 yilgi IBA Jahon chempionati qaerda o'tishi mumkinligini aytdi