SportUz.Net
photo photo

Kanelo Aguero haqida: "Sen ham ahmoqsan"

29.11.2022 19:57    


Rasmni yuklab olish

Supero'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvares argentinalik futbolchilar bilan mojaroni davom ettirmoqda.

Bu safar u Serxio Aguero Lionel Messini himoya qilib, aytgan so'zlariga munosabat bildirdi. Aguero ijtimoiy tarmoqlarda Kaneloga Meksika terma jamoasining formasi nima uchun polda turgani va Messi butsasini echganda tasodifan uni tepganini tushuntirishga uringan edi.

"Sen ham ahmoqsan. Avval menga nimadir yozasan, keyin orqaga qaytasan. Ikkiyuzlamachi bo'lma", - deya javob berdi Alvares Agueroga.

Eslatib o'tamiz, Messi Meksika terma jamoasi futbolkasini behurmat qilgani Kaneloni g'azablantirgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: