SportUz.Net
photo photo

Kanelo Messini jazolashga qaror qildi. Nima uchun Leo Meksika bayrog'iga hurmatsizlik qildi?

29.11.2022 17:38    


Rasmni yuklab olish

Qatarda futbol bo'yicha Jahon chempionati davom etmoqda.

Musobaqada maydondan tashqari keskin mojarolar bo'lib o'tmoqda. Argentina terma jamoasining asosiy yulduzi Lionel Messi Meksika terma jamoasi bilan muvaffaqiyatli o'yindan so'ng (2:0) kutilmaganda ko'plab meksikaliklarning, shu jumladan taniqli bokschi va super o'rta vaznda mutlaq jahon chempioni Saul Alvaresning g'azabiga sabab bo'ldi.

Gap Messi ajoyib o'yin o'tkazgani haqida emas. Muammo Lionel g'alaba qozonganidan keyin kiyinish xonasida o'zini tutishida bo'ldi. Ommaviy axborot vositalarida Messining erda yotgan Meksika terma jamoasi futbolkasini oyog'i bilan bosib olgan videosi tarqalib ketdi. Bu darajadagi hurmatsizlik Argentina terma jamoasi hujumchisini tanqid qilgan Saul Alvaresning keskin noroziligiga sabab bo'ldi. 

"Messi men bilan uchrashib qolmaslik uchun Yaratganga iltijo qilsin! Messining futbolka va bayrog'imiz bilan pol artayotganini ko'rdingizmi? Argentina Meksikani hurmat qilgan bo'lsa, biz ham Argentinani shunday hurmat qilishimiz kerak! Men Argentina haqida gapirmayapman, Messi va uning qilgan ishlari haqida gapiryapman. Meksika futbolkasi polda ekan, bu biz uchun haqorat", - deb yozadi Alvares ijtimoiy tarmoqlarda.

Albatta, Kanelo aytgan ishlarini amalda Messiga qilishi haqiqatdan biroz uzoq. Meksikalik bokschi ancha jahldor, lekin ayni paytda u juda aqlli yigit ham. U afsonaviy futbolchiga hujum qilsa, nima bo'lishini yaxshi tushunadi. Biroq, Kaneloni hurmat qilsak arziydi. U har doim o'z mamlakatini himoya qilishga tayyor va o'ziga nisbatan har qanday adolatsizlikka jiddiy munosabat bildiradi. Boshqa tomondan, Alvares ortiqcha hissiyotga berilgan bo'lishi mumkin. Balki, Messi hech kimni xafa qilishni xohlamagandir. G'alabadan so'ng xursandchilik paytida u futbolkani bexosdan bosgan bo'lishi mumkin.

SHuningdek, Serxio Aguero va Sesk Fabregas allaqachon Messini yonini olib chiqishgan. Ular kiyinish xonalarida bazida nima sodir bo'lishini juda yaxshi biladigan ikki ajoyib futbolchi hisoblanadi.

"Janob Kanelo, uzr so'raydigan hech narsa ko'rmayapman, lekin siz futbol kiyim almashtirish xonalarida nima sodir bo'lishini aniq bilmaysiz. Futbolkalar o'yindan keyin doimo erda yotadi. Agar yaxshilab etibor berib qarasangiz Messi butsasini echmoqchi bo'lib, tasodifan formaga bosib ketganini ko'rishingiz mumkin", - deb yozadi Aguero ijtimoiy tarmoqlarda.

"Sen uni tanimaysan va o'yindan keyin kiyinish xonasida nima bo'lishini bilmaysan. Barcha futbolkalar, hatto biz kiygan futbolkalar ham polga tashlanadi. SHundan so'ng ular yuviladi. Hattoki muhim g'alabani nishonlayotganingda ham shunday bo'ladi", - dedi Fabregas.

Xo'sh! Siz futbolchilarning fikriga qo'shilasizmi?



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: