SportUz.Net
photo photo

Emelyanenko jang uchun 50 million so'ragan reperga javob berdi

14.04.2021 18:40    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenko mashhur reper Jigan unga qarshi jang uchun 50 million rubl so'raganiga o'z munosabatini bildirdi.

"Eshitdim, Jigan menga qarshi jang uchun 50 million rubl so'rabdi. Adolatli narx. Hozirda tibbiyot juda qimmat, axir unga menga qarshi jangdan keyin shifokor yordami kerak bo'ladi. Davolanish harajatlariga 50 milliondan kam ketmasligi aniq.

Jigan bir necha farzandning otasi, u hali oilasini boqishi zarur. Jigan men bilan jang qilishga aminmisan?", - deydi Aleksandr Emelyanenko.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: