SportUz.Net
photo photo

Nahotki? Konor Makgregor Porega qarshi jangdan voz kechdi!

12.04.2021 22:40    


Rasmni yuklab olish

Sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Dastin Pore bilan o'tkazilishi lozim bo'lgan uchinchi jangdan voz kechganini bildirdi.

Bunga sabab Dastin Porening Konor Makgregor hayriya uchun vada qilgan pulni bermagani haqida gapirgani bo'ldi.

"Sen o'zingni o'zing boshi berk ko'chaga olib kirding. Quloqlaringni berkitib olib eshitishni xohlamayapsan. Sen miyasiz esi og'gan cholsan. Hech qanday rejasiz 500,000$. SHunga mahkam yopishib ol. Sen umrida pul ko'rmagan ahmoqsan. Ha aytgancha, jang bo'lmaydi. Men 10 iyul kuni boshqa birov bilan jang qilaman. Sen esa eski shartnomang bilan qolaver, yigitcha", -deb yozadi Konor Makgregor.

Eslatib o'tamiz, Dastin Pore Konor Makgregor bilan ikkinchi jangida o'z faoliyatidagi eng katta gonararni qo'lga kiritgandi. Uchinchi jang esa u uchun juda undanda kattaroq mablag' olib kelishi mumkin edi. Konor Makgregor aynan shuni nazarda tutgan holda jang bekor qilinganini bildirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: