Ukrainalik sobiq chempion WBO kamari sohibi Jo Smitga qarshi ringga ko'tarilmoqchi.
«Jo Smitni g'alaba bilan tabriklayman. Kimdir menga chempionlik jangini taklif qilgandi. Ko'ramiz», - deb yozib qoldirgan Gvozdik.
Eslatib o'tamiz, Gvozdik o'tgan yilning iyun oyida faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. U so'nggi bor 2019 yilning oktyabrida Artur Beterbievga qarshi ringga ko'tarilib, faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilgan.