SportUz.Net
photo photo

Pore: "Konor vada qilgan hayriya pulini bermadi". Makgregor esa javob berdi

12.04.2021 19:00    


Rasmni yuklab olish

Engil vaznli UFC jangchisi Dastin Pore Konor Makgregor vada qilgan hayriya fondi uchun berilishi kerak bo'lgan pulni bermaganini bildirdi.

Avvalroq, Konor Porening "The Good Fight Foundation" fondiga 500 000$ miqdorida hayriya qilishga vada bergandi.

"Ajoyib taxmin! Sen bizning yanvardagi jangimizdan oldin mening hayriya fondimga pul berishingni ham aytganding. Ammo sen va jamoang yanvardan so'ng bizning so'rovga javob bermay qo'ydingiz. Ko'rishguncha. 10 iyul kuni hammasini to'laysan!", - deb yozadi Dastin Pore.

Konor Makgregor esa ushbu ayblovga javob qaytardi.

"Hayriya - bu qarz emas. Biz hech qachon kelmaydigan pullar uchun reja tuzgan edik. Men o'zimning hayriyalarim bilan shug'ullanayapman. Bu pullar qaerdan kelib, qaerdan ketishni aniq bilaman. Aks holda, bu pullar hech qaerga ketmaydi.

Afsuski, bunday holatlar juda ko'p hayriya fondlari bilan yuz beradi. Sen kamar uchun jangni emas, men bilan jang qilishni tanlading. Bu men haq bo'lganimni isbotlaydi", - deb yozadi Konor Makgregor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: