UFC Vegas 23 turnirining markaziy jangi o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda Marvin Vettori va Kevin Xolland oktagonda to'qnash kelishdi. Besh raund to'liq davom etgan jang yakunida hakamlar bir ovozdan Vettorining g'alabasini taminlashdi. Referilarning bari bir xil - 50:44 hisobini qayd etishdi.
Marvin Vettori bugun faoliyatidagi 21-jangidagi 17-g'alabasini tantana qildi. Xolland esa bugun 28-jangidagi 7-mag'lubiyatini qarshi oldi. Aslida Vettori bugun Darren Tillga qarshi jang o'tkazishi lozim edi. Ammo, britaniyalik sportchi jang arafasida jarohat oldi. Xolland qisqa muddat bo'lishiga qaramay, jangga rozilik bergandi. Kevin shu yilning 20 mart kuni Derek Bransonga yutqazib qo'ygandi.
Arman Carukyan CHarlz Oliveyraga: "Mening ismimni aytishdan qo'rqma, qattiq urmayman"