«So'nggi o'n yildan beri belimdagi jarohatlar bilan harakat qildim. Har bir jang, har bir mashg'ulotlardan so'ng ahvolim og'irlashib bordi. Hozirgi vaqtda bir jarrohlik amaliyotini o'ylamoqdamiz. CHunki men bu jarohat bilan to'liq kuch bilan mashg'ulotlarda ishtirok eta olmayman. Jarrohlik amaliyotdan so'ng biz ikki bosqichlik muolajadan o'tishimiz lozim bo'ladi. Birinchi bosqich o'n oy davom etadi. Ikkinchisida esa olti oy. SHundan so'ng men to'liq mashg'ulotlarga qaytishim imkoni bo'ladi. Dushanba kuni doktor bilan ko'rishaman va barchasini kelishib olaman»,-degan Aljemeyn Sterling.
Demak, Aljemeyn Sterlingning gaplariga ishonadigan bo'lsak, u kamida bir yarim yil davomida oktagonga ko'tarilmaydi. Bu degani revansh 2023 yilga qadar o'tkazilmaydi.