SportUz.Net
photo photo

Makgregor - Pore 3. Trilogiya yozda o'tkaziladi

13.02.2021 10:20    


Rasmni yuklab olish

Konor Makgregor va Dastin Pore o'rtasidagi uchinchi jangning o'tkazilishi haqiqatga aylanmoqda.

Bu malumotni shaxsan UFC prezidenti Dana Uayt ham o'z intervyusida tasdiqladi. Uning aytishicha, trilogiya shu yilning yozida o'tkazilishi mumkin ekan.

"Ayni paytda Dastin Pore reytingda birinchi o'rinni egallab turibdi. Konor esa oltinchi pog'onadan joy olgan. Agar ularning har ikkisi ham o'zaro yana bir bor jang o'tkazishni istashsa, trilogiya albatta amalga oshadi. Biz bu jangni yozda o'tkazishga tayyormiz", — deya Uaytning so'zlarini keltirmoqda MMA Fighting.

Eslatib o'tamiz, Dastin Pore va Konor Makgregor o'zaro ikki bor oktagonda to'qnash kelishgan. 2014 yilda o'tgan ilk jangda Konor birinchi raunddayoq g'alaba qozongandi. O'tgan oy o'tkazilgan revanshda esa Dastin ikkinchi raundda Konorni nokautga uchratib, muvozanatni tiklagandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: