Taniqli MMA jangchimiz Jahongir Jumaev 30 sentyabr kuni tashkil etiladigan Octagon 35 turnirida oktagonga chiqadi. Oqshomda Jumaevga qirg'izistonlik Jakshilik Mirzabekov raqiblik qiladi.
«Bu jang bo'lajak turnirdagi eng principial hisoblanadi: Jahongir Jumaev Edil Esengulovga yutqazib qo'yganidan keyin uni revansh jangiga chaqirdi. Bunga javoban qirg'iz jangchisi tajribali Jakshilik Mirzabekov nomzodi ko'rsatdi! Ikki tomon ham jangga tayyor.
Ikki jangchining jamoalari keskin munosabatlar va uzoq tarixga ega. 30 sentyabrda kim g'olib bo'ladi?» - deya anons qildi liga matbuot xizmati ushbu to'qnashuvni.
Iliya Topuriya: "Hammasi menga bog'liq bo'lganida, 13 iyul kuniyoq Maxachev bilan jang qilardim"