SportUz.Net
photo photo

Dana Uayt faoliyatini yakunlagan Kevin Xolland haqida tasirli fikr bildirdi

25.09.2022 16:00    


Rasmni yuklab olish

UFC prezidenti Dana Uayt Xamzat CHimaev va Kevin Xolland o'rtasidagi jang bo'yicha fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu jangni kuzatib, CHimaev - Diaz jangida nima ro'y berishini tushungandirsiz... Bu jang yaxshi bo'lmas edi. Muxlislar vazn qila olmagani uchun Xamzatdan jahli chiqqanini bilaman. Lekin u Kevin Xollandni nima qildi... Siz Kevinning jangdan bir kun keyingi rasmini ko'rdingizmi? Uning ko'zi bo'g'ish usulidan so'ng qizarib ketgan edi. Bu dahshat!

Men Kevinni yaxshi ko'raman. U matbuot anjumanida: "Ha, kutganimdek bo'ldi", - dedi. Yo'q, jin ursin, men bunday bo'lishini kutmagan edim. Xamzatning Xollandni "yo'q qilishini" kutgandim desangiz yolg'on gapirgan bo'lasiz. Men bunga ishonmayman. Kevin - jahannamdan kelgan yigit", - deya Uaytning so'zlarini keltiradi MMA Junkie nashri.

Xamzat CHimaev va Kevin Xolland o'rtasidagi jang 11 sentyabr kuni bo'lib o'tgan edi.

Kevin Xolland aynan shu jangdan so'ng faoliyatini yakunlaganini elon qildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: