SportUz.Net

Kanelo: "Iltimos, meni hurmat qiling"

22.09.2022 18:00    


Rasmni yuklab olish

Sobiq pound-for-pound reytigi etakchisi Saul Alvares supero'rta vazn toifasida engilmas chempion Devid Benavidesga qarshi jang haqida gapirdi.

"Bunga aniq javob bera olmayman, hamma narsa bo'lishi mumkin. Bu haqida gapirishni boshlasam OAV hammasini o'zi xohlaganidek yozishni boshlaydi. Meksikaliklar bilan jang qilishni istamasligimni aytganimda, men Meksika vakili ekanligimni nazarda tutgandim. Menga farqi yo'q. Istalgan jangchiga qarshi ringga chiqishga tayyorman.

Men Benavidezning otasining gapini eshitdim. Uning yutuqlariga qarang - hech narsa yo'q. Uning faoliyatida faqat bitta chempion - Entoni Dirrell bor. Iltimos, menga hurmatda bo'ling", - dedi Kanelo matbuot anjumanida.

Avvalroq, Bivolning menejeri Kaneloga qarshi revansh jangi qachon bo'lishini malum qilgan edi.

Eslatib o'tamiz, Las-Vegasda bo'lib o'tgan boks oqshomida Saul Alvares ochkolar hisobida Golovkinni mag'lub etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: