Yevrokuboklar yarim finalidan o‘rin olgan o‘yinlar yakunlandi. UYEFA har bir musobaqada haftaning eng yaxshilari nomini ma’lum qildi.
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchi “Real”ga qarshi o‘yinda (4:0) dubl muallifiga aylanib, jamoasining finalga chiqishiga yordam berdi.
Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi “Sevilya” futbolchisi Erik Lamela bo‘ldi. Lamela “Yuventus”ga qarshi yarim final bahsida (2:1) gol va golli uzatma muallifiga aylandi.
Konferensiyalar Ligasida esa “Bazelga qarshi bahsda (3:1) dublga erishgan “Fiorentina” a’zosi Nikolas Gonsales haftaning eng yaxshisi deb topildi.
UFC 315: Bilol Muhammad va Valentina SHevchenko kamarini himoya qiladi (ONLAYN NATIJALAR)
Bilol yoki Maddalena? SportUz.Net jurnalistlari UFC 315 markaziy jangi uchun taxmin bildirishdi