SportUz.Net
photo photo

Qimmatlashayotgan iqtidorlar

12.05.2023 23:31    


Rasmni yuklab olish

Yosh futbolchilar har doim diqqat-e’tibor markazida bo‘lishadi.

Ular har doim top-klublar bosh maqsadidir, shuning uchun ismlari doimo esda qoladi. Agar bunday o‘yinchi sovrinlar uchun kurashdagi bosh favorit hisoblanadigan jiddiy klubning bir qismiga aylanib ulgurgan bo‘lsa, unda uni saqlab qolish va raqobatchilarni kuchaytirmaslik uchun kurash kechadi. Hozir biz shunday ijrochilar haqida gaplashamiz. Demak, reytingimiz 20 yoshdan oshmagan eng qimmat yosh futbolchilar haqida.

YEREMI PINO

Klubi: «Vilyarreal»

Yoshi: 20

Transfer qiymati: 38 million yevro

Pino «Vilyarreal» tizimiga 2019 yilda kiradi, bir yildan so‘ng esa asosiy jamoada o‘ynashni boshlaydi. Mavsumdan mavsumga 20 yoshli vinger yanada ko‘proq o‘yin vaqtiga ega bo‘ladi va jamoa uchun tobora muhim o‘yinchiga aylanadi. Klub yosh ispaniyalikka ishonadi, shuning uchun unga uzoq muddatli shartnoma berildi. Ammo futbolchini «Yuventus» va APLning bir qator klublari diqqat bilan kuzatishmoqda. 

EDUARDU KAMAVINGA

Klubi: «Real Madrid»

Yoshi: 20

Transfer qiymati: 60

Kamavinga «Real» tarkibida ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Bu universal fransuz tezda «qirollik klubi»ga moslashdi, deya olmaymiz, lekin u kelajakni o‘ylab xarid qilingan. Karlo Anchelotti qo‘l ostida 20 yoshli xavbek tobora sifatli o‘yinchiga aylanmoqda. Eduarduning ustunligi shundaki, undan turli pozisiyalarda foydalanish mumkin. O‘tgan mavsum bilan taqqoslaganda, Kamavinga bu mavsum ko‘proq o‘ynay boshladi. La Ligada uning hisobida 31ta o‘yin bor (oldingi mavsumda 26ta bo‘lgan). 

NUNU MENDESH

Klubi: «PSJ»

Yoshi: 20

Transfer qiymati: 65

O‘tgan mavsumni Mendesh «PSJ» tarkibida ijara asosida o‘tkazdi va parijliklar portugaliyalikni «Sporting»dan 38 million yevroga sotib olishdi. Futbolchi Fransiya poytaxtida mustahkam darajada o‘ynashni davom ettirmoqda. Hozirgi kampaniyada 20 yoshli fulbek barcha turnirlarda 32ta o‘yinda maydonga tushdi, o‘z hisobida 2ta gol va 7ta assistni ham yozdirib qo‘ydi. Yosh qanot himoyachisi uchun munosib ko‘rsatkich. Mendesh o‘sishi uchun katta imkoniyatlarga ega. 

FLORIAN VIRS

Klubi: «Bayer»

Yoshi: 19

Transfer qiymati: 85

Virs nemis futbolchilar yangi avlodining eng yorqin vakillaridan biridir. «Bayer»­da Florian «Chelsi»ga o‘tib ketgan Kay Xavertsni munosib ravishda almashtirdi. O‘tgan mavsumda 19 yoshli yigitcha barcha turnirlarda 31ta o‘yin o‘tkazdi va 10ta gol urib, 14ta assist qayd etdi. Hozirgi kampaniyada futbolchi jarohat tufayli yarim mavsumni o‘tkazib yuborganiga qaramay, yaxshi ko‘rsatkichlariga ega (4}8). Xabi Alonso bilan hamkorlik yosh nemisga foyda keltiradi. 

GAVI

Klubi: «Barselona»

Yoshi: 18

Transfer qiymati: 90

Gavi 2015 yildan beri «Barselona» tizimida bo‘lib, Kataloniya klubining asosiy iste’dodlaridan biri hisoblanadi. Yosh bo‘lishiga qaramay, u o‘tgan mavsumda boshlang‘ich tarkib o‘yinchisi bo‘lgan. Xavi 18 yoshli xavbekga katta umid bog‘laydi va u ham o‘z navbatida ustozini to‘g‘ri munosabat bilan quvontiradi. «Ko‘k-anorranglilar» Gavining yangi shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolarga duch kelishdi, bundan esa «Chelsi» foydalanishni xohlaydi. Ammo, aftidan, ispaniyalik hech qayerga ketishni rejalashtirmayapti. 

PEDRI

Klubi: «Barselona»

Yoshi: 20

Transfer qiymati: 100

Kataloniya klubining yana bir yosh, iste’dodli va qimmatli vakili. Ronald Kuman avvalroq Pedri tufayli «Barselona»da qolganini aytgan edi. «Ko‘k-anorranglilar» uning sotilishini ko‘rib chiqishayotganda, yosh ispaniyalikni qo‘yib yubormagan aynan niderland mutaxassisi edi. Gavi singari, Pedri ham Xavi jamoasining asosiy yarim himoyachilaridan biri bo‘lib, u rivojlanishda davom etmoqda. Masalan, La Liganing joriy mavsumida 20 yoshli xavbek 6ta gol urdi - bu o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar ko‘p. 

JAMOL MUSIALA

Klubi: «Bavariya»

Yoshi: 20

Transfer qiymati: 110

Musiala Virs bilan birga Germaniya terma jamoasining kelajagini ifodalaydigan o‘yinchilar guruhiga kiradi. 20 yoshli xavbekning hisobida Bundestim tarkibida 20ta o‘yin bor. «Bavariya»da esa u yetakchi rollarda birinchi yil emas. O‘tgan mavsumda Jamol Bundesligada 30ta o‘yin o‘tkazdi va gol}pas tizimi bo‘­yicha 10 ochko (5}5) qayd etdi. Hali tugallanmagan amaldagi kampaniyada uning ishlash ko‘rsatkichlari 2 baravar yuqori (20 ochko, 11}9). Ilgari OAVda vaqti-vaqti bilan boshqa klublarning Musialaga bo‘lgan qiziqishlari haqida mish-mishlar paydo bo‘lgandi, ammo myunxenliklar bu mavzu bo‘yicha suhbatlarni boshlashni ham xohlamaydilar. 

JUD BELLINGEM

Klubi: «Borussiya» D.

Yoshi: 19

Transfer qiymati: 120

Bellingem Bundesliganing eng qimmat o‘yinchisi, eng qimmat ingliz va top-klublarning bosh transfer maqsadi. Va u endi 19 yoshda! Shu bilan birga, futbolchining kelajagi noaniq bo‘lib qolmoqda, garchi unda takliflar kam bo‘lmasa ham. Hamma gap transfer qiymatida - bu ba’zan o‘yinchiga zarar yetkazishi mumkin. Agar Jud «Borussiya»ga chempionlik unvonini qo‘lga kiritishga va «Bavariya»ni taxtdan tushirishga yordam bersa, narxi yanada yuqori bo‘lishi mumkin. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda yosh iste’dod «Real» bilan og‘zagi kelishuvga erishgan.

MUHAMMADXON tayyorladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: