SportUz.Net
photo photo

Flikning YECHLdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 15ta o‘yinga yetdi

24.02.2021 15:30    


Rasmni yuklab olish

"Bavariya" Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichida "Lasio" klubi mehmoni bo‘lib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Myunxenliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik uchun Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi 15ta uchrashuvga yetdi (14 g‘alaba, bir durang). Germaniyalik mutaxassis "Bavariya"ni qabul qilib olganidan buyon YECHLda hali biror marta yutqazmadi.

Bu esa Chempionlar ligasidagi debyut qilgan murabbiylar orasida mag‘lubiyatsiz seriya borasidagi ikkinchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Hozircha ushbu rekord Lui van Galga tegishli bo‘lib, niderlandiyalik mutaxassis "Ayaks" bilan ketma-ket 19ta o‘yinda yutqazmagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: