SportUz.Net
photo photo

Levandovski Raulni ortda qoldirib, YECHL to‘purarlari ro‘yhatida kuchli uchlikka kirdi

24.02.2021 09:30    


Rasmni yuklab olish

Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi dastlabki uchrashuvlaridan o‘rin olgan bahsda “Bavariya“ “Lasio“ maydonida yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozonmoqda.

Ushbu o‘yinning to‘qqizinchi daqiqasida raqib futbolchisi Mateo Musakkyoning rimliklar darvozaboni Xose Reynaga noaniq uzatmasidan unumli foydalangan Levandovski o‘z goli bilan hisobni ochdi.

Ushbu gol polyakning YECHLda kiritgan 72-goli sifatida qayd etildi va ushbu ko‘rsatgich bilan u “Real“ xamda “Shalke“ jamoalari sobiq futbolchisi Raulni ortda qoldirib Chempionlar ligasida eng ko‘p gol urgan uchunchi futbolchiga aylandi. Bu borada Levandovski 134ta gol urgan Ronaldu hamda 119ta gol urgan Messidan ortda qolmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: