SportUz.Net
photo photo

Tarixdagi 50 nafar boy sportchilar ro'yxati tuzildi. Meyvezer, Ronaldo va Messi hatto Top-3`talikka ham kirmadi

10.03.2023 18:34    


Rasmni yuklab olish

Sportico sport jurnali tomonidan tarixdagi eng boy 50 nafar sportchi ro'yxati yangilandi.

Ro'yxatda NBA afsonasi Maykl Jordan katta farq etakchilik qilmoqda.

Sportico sportchilik faoliyati davomida va undan keyingi daromadlarni hisoblab chiqdi va ularni inflyaciyaga moslashtirdi.

Sportchilarning daromadiga ish haqi, bonuslar, pul mukofotlari va kitob nashr qilish bo'yicha bitimlar kiritildi. SHuningdek, homiylik qiluvchi kompaniyalarda akciyadorlik ulushidan olingan pul mablag'lari ham kirgan.

TOP-10 talikdagi sportchilar:

1. Maykl Jordan (basketbol) - 3,3 milliard dollar

2. Tiger Vuds (golf) - 2,5 milliard dollar

3. Arnold Palmer (golf) - 1,7 milliard dollar

4. Jek Niklaus (golf) - 1,63 milliard dollar

5. Krishtianu Ronaldu (futbol) - 1,58 milliard dollar

6. Lebron Jeyms (basketbol) - 1,53 milliard dollar

7. Lionel Messi (futbol) – 1,48 milliard dollar

8. Floyd Meyvezer (boks) - 1,41 milliard dollar

9. Rojer Federer (tennis) – 1,38 milliard dollar

10. Fil Mikkelson (golf) - 1,36 milliard dollar

To'liq ro'yxat bilan bu erda tanishishingiz mumkin.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: