SportUz.Net
photo photo

«Oltin to‘p» da’vogarlari reytingi: Reshford, Vinisius va Xvichada ko‘tarilish

27.02.2023 23:00    


Rasmni yuklab olish

Goal nashri bugun "Oltin to‘p" sovrini uchun da’fogarlarning yangilangan reytingini taqdim etdi.

Lionel Messi birinchi o‘rinni o‘zida saqlab qoldi. Shuningdek, Kilian Mbappe va Erling Xoland kuchli uchlikdagi o‘z o‘rinlarini saqlab qolishdi.

"MYU" hujumchisi Markus Reshford esa ikki pog‘ona ko‘tarilib, 4-o‘ringa chiqib oldi. Ushbu o‘rindagi Neymar 11-qatorga tushib ketdi. Vinisius kuchli beshlikka kirgan bo‘lsa, Levandovski 6-qatorga tushdi. "Napoli" yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya bir pog‘ona ko‘tarilib, 7-o‘ringa joylashdi.

Top-20 talik quyidagicha (27 fevral):

1. Lionel Messi ("PSJ", reytingning avvalgi versiyasida xuddi shu o‘rinni egallagan);
2. Kilian Mbappe ("PSJ", o‘z o‘rnida qoldi);
3. Erling Xoland (Manchester Siti, o‘z joyida qoldi);
4. Markus Reshford ("Manchester Yunayted", sobiq 6-o‘rin);
5. Vinisius Junior ("Real Madrid", sobiq 7-o‘rin);
6. Robert Levandovski ("Barselona", sobiq 4-o‘rin);
7. Xvicha Kvarasxeliya ("Napoli", sobiq 8-o‘rin);
8. Viktor Osimxen ("Napoli", sobiq 9-o‘rin);
9. Kazemiro ("Manchester Yunayted", sobiq 11-o‘rin);
10. Jamol Musiala (“Bavariya”, o‘z o‘rnida qoldi);
11. Neymar ("PSJ", sobiq 5-o‘rin);
12. Bukayo Saka ("Arsenal", o‘z o‘rnida qoldi);
13. Jud Bellingem ("Borussiya D", o‘z o‘rnida qoldi);
14. Lisandro Martines ("MYU", reytingda yangi)
15. Karim Benzema ("Real", reytingi yangi qaytdi)
16. Martin Edegor ("Arsenal", sobiq 14-o‘rin);
17. Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti", sobiq 15-o‘rin);
18. Xarri Keyn ("Tottenxem", o‘z o‘rnida qoldi);
19. Xulian Alvares ("Manchester Siti", sobiq 17-o‘rin);
20. Enso Fernandes ("Chelsi", sobiq 16-o‘rin);



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: