SportUz.Net

Eng boyi - «Benfika» akademiyasi

19.02.2023 18:31    


Rasmni yuklab olish

CIES Football Observatory guruhi jahon klublari qoshidagi akademiyalar tarbiyalanuvchilari transfer bahosini hisoblab chiqib, alohida reyting tuzdi.

Bunda har bir akademiyada kamida 3 yildan buyon shug‘ullanayotgan 15-21 yoshli futbolchilar transfer summasi inobatga olingan. Natijalarga kelsak, 104 nafar tarbiyalanuvchisining umumiy bahosi 670 mln. yevroga teng «Benfika» 1-o‘ringa qo‘yildi. Keyingi pog‘ona «Chelsi»ga tegishli - 78 nafar tarbiyalanuvchi 630 mln. yevroga baholandi.

Eng qimmatbaho tarbiyalanuvchilar guruhiga ega akademiyalar

1. «Benfika» - 670 mln. yevro (104 nafar tarbiyalanuvchi)

2. «Chelsi» - 630 mln. yevro (78 nafar tarbiyalanuvchi)

3. «Barselona» - 581 mln. yevro (102 nafar tarbiyalanuvchi)

4. «Ayaks» - 555 mln. yevro (114 nafar tarbiyalanuvchi)

5. «Manchester Siti» - 510 mln. yevro (81 nafar tarbiyalanuvchi)

6. «PSJ» - 491 mln. yevro (83 nafar tarbiyalanuvchi)

7. «San-Paulu» - 474 mln. yevro (73 nafar tarbiyalanuvchi)

8. «Santos» - 444 mln. yevro (61 nafar tarbiyalanuvchi)

9. «Flamengo» - 438 mln. yevro (58 nafar tarbiyalanuvchi)

10. «Sporting» - 399 mln. yevro (97 nafar tarbiyalanuvchi)

11. «Arsenal» - 399 mln. yevro (79 nafar tarbiyalanuvchi)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: