SportUz.Net

«Barselona» - «MYU» o‘yini Yevropa ligasida rekord o‘rnatdi

17.02.2023 22:00    


Rasmni yuklab olish

«Barselona» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi (2:2) Yevropa ligasi musobaqasi tarixida eng ko‘p muxlis tashrif buyurgan o‘yinga aylandi.

Kecha «Kamp Nou»dagi bahsni tomosha qilish uchun 90 255 tomoshabi tashrif buyurdi. Bungacha rekord 2017 yilda «Tottenxem» – «Gent» o‘yinida qayd etilgandi. O‘shanda "shporlar" stadioniga 80450 nafar ishqiboz kelgandi. Demak, rekord deyarli 10 ming kishiga yangilandi.

Yevropa ligasida eng ko‘p muxlis kelgan 6ta o‘yin:

1. «Barselona» – «Manchester Yunayted» (2023 god, 90 255 tomoshabin);

2. «Tottenxem» – «Gent» (2017, 80 465);

3. «Manchester Yunayted» – «Liverpul» (2016, 75 180);

4. «Manchester Yunayted» – «Fenerbaxche» (2016, 73 063);

5. «Dinamo» Kiyev – «Everton» (2015, 67 553);

6. «Manchester Yunayted» – «Ayaks» (2012, 67 328).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: