Madridning “Real” klubi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida “Al-Ahli” ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
“Qaymoqranglilar” musobaqa finaliga beshinchi bor chiqdi va bu borada rekord qayd etdi.
Madridliklar 2014, 2016, 2017 va 2018 yillarda finalga chiqqandi. Hal qiluvchi bahslarning barchasida “Real”ning qo‘li baland kelgan.
“Barselona” 4 marta klublar o‘rtasidagi JCH finalga chiqqan va ulardan 3 tasida g‘alaba qozongan, bittasida mag‘lub bo‘lgan. “Korintians”, “Bavariya”, “Liverpul” va “Chelsi” finalga 2 martadan chiqqan.
“Real” 11 fevral kuni finalda “Al-Hilol”ga qarshi bahs olib boradi.
Mendes o'zi shug'ullantirgan eng istedodli sportchi kimligini aytdi, bu Xabib emas!