«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich Italiya chempionatining 21-turi doirasida «Salernitana»ga qarshi o‘yinda (3:0) ikkita gol muallifiga aylandi. U gollarining birinchisini 11 metrli jarima zarbasi orqali urdi.
Serbiyalik futbolchi 2018 yilda A seriyada debyut qilgan davrdan boshlab 15 marta penalti tepdi va ularning 14tasini golga aylantirdi.
Ushbu davr mobaynida kamida 15ta penalti tepgan futbolchilar orasida Dushan samaradorlik bo‘yicha eng yaxshi natija qayd etmoqda.
Aleks Pereyra: "Agar Ankalaev men qanday jarohat bilan jang qilganimni bilganida edi..."
Umar Nurmagomedov: UFC chempionligi yoki Dvalishvili bilan revansh? Men ko'proq qasos olmoqchiman